Ayni paytda Urganch davlat universiteti Axborot resurs markazi direktori X.Siddiqov Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Baku shahrida joylashgan Ozarbayjon markaziy ilmiy kutubxonasida xizmat safarida boʻlib turibdi. Bir yarim milliondan ortiq kitob fondiga ega mazkur ilmiy kutubxonaga tashrif doirasida Ozarbayjon markaziy ilmiy kutubxonasi va Urganch davlat universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Endilikda universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan ushbu kutubxonaning boy ilmiy fondidan foydalanish imkoniga ega boʻldilar. Shuningdek, ushbu kelishuv ilmiy tadqiqot faoliyatini olib borishda koʻplab imkoniyatlarni taqdim etadi.