ARM HAQIDA!


Urganch davlat universiteti axborot-resurs markazi faoliyati toʼgʼrisida HISOBOT 11.04.2023 yil Urganch shahar Urganch davlat universitetining axborot-resurs markazi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan taʼminlashni tashkil etish toʼgʼrisida”gi 2006 yil 20 iyun 381-sonli qarori, oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining 2006 yil 23 iyundagi 135/1-sonli qaroriga asosan Urganch Davlat universitetining axborot-resurs markazi sifatida tashkil qilindi va Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirining “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi 2022 yil 11-noyabrdagi 371-sonli buyrugʼiga hamda Urganch davlat universiteti rektorining 2022 yil 7 dekabrdagi 137-I§9-sonli buyrugʼiga binoan “Urganch davlat universitetining axborot-resurs markazi toʼgʼrisida”gi nizomiga oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritilib tasdiqlandi va shu nizom asosida faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda axborot-resurs markazi 5 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, bular: 1. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi. 2. Axborot-kutubxona resurslarni butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi. 3. Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi 4. Elektron axborot-resurslar bo‘limi 5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi Axborot-resurs markazi Urganch shahar H. Olimjon 14-uyda joylashgan bo‘lib, bosh axborot-resurs markazining kompyuter va o‘quv zallari, kitob fondlari xonalari, Talabalar turar joyidagi kompyuter va o‘quv zallari va Urganch shahar mahallarida joylashgan 2ta filial axborot-kutubxona, Texnika fakultetida, Kimyoviy texnalogiyalarida birdek xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Bo‘limlarda jami hisobda 41 ta shtat birligi bo‘lib, xozirda 40 nafar xodim xizmat ko‘rsatib keladi. Xodimlarning 21 (51%) nafari oliy ma’lumotli shundan 4 (9%) nafar magistr, 1(2%) nafar mutaxassis. 19 (46%) nafari o‘rta-maxsus kutubxonashunoslik ma’lumotiga ega. SHulardan kelib chiqib axborot-resurs markazi xodimlarining bilim va kasbiy ko‘nikmalarini orttirish maqsadida xodimlarning 3 nafari 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasida tashkil etilgan o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish kurslarida ishtirok etib diplom va sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Bugungi kunda Axborot-resurs markazi umumiy fondida 24 209 nomda 320726 nusxada oʻquv adabiyotlari mavjud. Jumladan, ilmiy adabiyotlar 2884 nomda 24396 nusxada, darsliklar 6374 nomda 78770 nusxada, oʻquv qoʻllanmalar 9302 nomda 116 787 nusxada, badiiy adabiyotlar 2884 nomda 54019 nusxada, boshqa adabiyotlar 2765 nomda 46754 nusxadagi adabiyotlar, shu jumladan audio kitoblar 40 ta hamda 92 nomda 267 nusxada brayl alifbosidagi o‘quv qo‘llanmalar va 22911 nomdagi toʻliq matnli elektron resurslar mavjud. Axborot-resurs markazi elektron katalogi AKBT dasturlarida jami 20663ta adabiyotlarning elektron to‘liq matnli nusxalari mavjud bo‘lib 27,1%ni darsliklar(5609), 34,3%ni o‘quv-qo‘llanmalar(7099), 2,5%ni ilmiy adabiyotlar(523), 17%ni badiiy adabiyotlar(3510), 1,4%ni monografiya(299), 0,4%ni Prezident asari(94) va 17%ni boshqa adabiyotlar(3529) tashkil etadi. 2025 yil noyavr oyigacha jami 156 nomda 889 nusxadagi 173 925 820,8 so‘mlik va 486,16 $ dollarlik adabiyotlar Axborot-resurs markazi fondiga kirim qilingan. Shundan, darsliklar 31 nomda 264 nusxada, o‘quv qo‘llanmalar 50 nomda 426 nusxada, ilmiy adabiyotlar 7 nomda 49 nusxada, badiiy adabiyotlar 3 nomda 42 nusxada va boshqa adabiyotlar 65 nomda 108 nusxadagi adabiyotlarni tashkil qiladi. 2025-yilda 1544 ta adabiyotning elektron varianti yaratilgan bo‘lib, ularning 470 tasi darslik, 861 tasi o‘quv-qo‘llanma, 7 tasi ilmiy, 36 tasi badiiy va 170 tasi boshqa adabiyotlarni tashkil qiladi. Oliy ta’lim vazirining 2022-yil 13-iyuldagi 225-son buyrug‘iga muvofiq, axborot-resurs markazidagi o‘quv hamda ilmiy adabiyotlarni “Elektron kutubxona” platformasi (unilibrary.uz)da jami raqamlashtirilgan adabiyotlar 821060 nomda, shundan o‘quv adabiyotlar 572509 nomdagi, maqolalar 135740 nomda, dissertatsiya va avtoreferatlar 88316 nomda, monografiyalar 24495 nomdagi adabiyotlar joylashtirilgan. Jumladan Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan “Elektron kutubxona” platformasi (unilibrary.uz)ga raqamlashtirilgan adabiyotlardan 32745 nomdagi adabiyotlar kiritilgan, shundan o‘quv adabiyotlar 29359 nomda, maqolalar 16 nomda, dissertatsiya va avtoreferatlar 2442 nomda, monografiyalar 928 nomdagi adabiyotlar joylashtirilgan. Nogironligi bor bo‘lgan ko‘zi ojiz talabalar uchun Viloyat ko‘zi ojizlar axborot-kutubxonasi bilan Brayl yozuvidagi adabiyotlardan 656 nusxa, shundan 12 nomda darslik, 35 nomda o‘quv qo‘llanma 600 nomda badiy adabiyotlar, 21 nomda boshqa adabiyotlar va 235 nusxadagi audioadabiyotlari, shundan 11 nomda darslik, 15 nomda o‘quv qo‘llanma 197 nomda badiiy adabiyotlar, 12 nomda boshqa adabiyotlardan foydalanish uchun shartnomalar qilindi. Axborot-resurs markaziga jami 28989 nafar kitobxon a'zo bo'lib, shundan Professor- o'qituvchilar -924, Talabalar -24502, Magistrlar - 826, Ishchi xizmatchilar -740, Mahalla fuqoralari - 1997 nafari mahalla fuqoralarini tashkil qiladi. Kitobxonlarga 2025 yil davomida 80632 ta adabiyot berilgan bo‘lib, bularning 32628tasi elektron va 48004 tasi bosma adabiyotlarni tashkil etadi. 2025 yilda 37 nomda 21185 nusxada gazeta va 76 nomda 1630 nusxada jurnallarga obuna bo‘lingan va tarqatilgan hamda 2026 yilda 38 nomda gazeta va 76 nomda jurnallarga obuna bo‘lingan. Axborot-resurs markazida jami hisobda 101 ta kompyuter, 7 ta skaner, 6ta printer shundan 1ta rangli printer, 1 ta proektr, Infokioslar 8ta, shundan 3tasi gorizantalniy, 5tasi vertikalniy. Barcha bo‘lim va markazlar qatori axborot-resurs markazining ham veb sayti mavjud bo‘lib, veb saytda markaz yangiliklari, yaratilgan yangi imkoniyatlar, yangi kelgan adabiyotlar, markazga a’zo bo‘lish qoidalari, kitobxonlarning huquq va majburiyatlari, markazning elektron katalog dasturlari, foydali saytlar, respublikamizdagi va boshqa davlatlardagi yirik kutubxonalar va muxim yangiliklar berib boriladi. Markazda reja asosida turli mavzularda, muhim sanalarga bag‘ishlab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, ilmiy amaliy konferensiyalar, yozuvchi shoirlar bilan uchrashuvlar, buyuk allomalar tavalludiga bag‘ishlab o‘tkazilgan kechalar, talabalarning mutolaa madaniyatini kuchaytirishga qaratilgan kitobxonlik kechalari, yangi kelgan adabiyotlarning taqdimotlari va namoyishlari o‘tkazilganini aytish mumkin. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ‘ibot ishlari tizimli va samarali tashkil qilingan. Axborot-resurs markazlari faoliyatini rivojlantirish, bolalar va o‘smirlarni har tomonlama kamol toptirish va tarbiyalashga yo‘naltirilgan mumtoz jahon va o‘zbek adabiyoti asarlari, qadimiy qo‘lyozmalarning raqamli nusxalari yaratilgan va ulardan keng foydalanish ta’minlangan. Axborot-resurs markazlarining faoliyatiga zamonaviy kompyuter texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan zamonaviy markazga aylantirish hamda foydalanuvchilarga masofadan axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish takomillashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida" 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasida 2021-yildan boshlab har yili aprel oyining birinchi haftasi "Kitobxonlik haftaligi" etib belgilanganligi munosabati bilan ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. “Kitobolami” bilan birga “Eng faol kitobxon”, “Badiiy adabiyot mutoolasi” mavzusida ko‘rgazmalar va tanlovlar o‘tkazilmoqda, g‘oliblar taqdirlanmoqda. 2025 yil maboynida markazimizda 153 ta ma’naviy ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilgan. Bular 9 tasi seminar-trening, 55 ta ko‘rgazmalar, 55 ta davra suhbati, 12 ta uchrashuv, 12 tasi tanlov va bellashuv, 10 tasi badiiy kecha. Muxtasar qilib aytganda Axborot-resurs markazi xodimlari kitobxonlarning kitob mutolaasini to‘loqonli qondirish maqsadida ertalabki 9:00 dan 22:00 gacha ikki smenada xizmat qilib kelmoqdalar.