Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” qaroriga koʻra 21-may – Oʻzbekistonda kutubxonachilar kuni sifatida belgilangan. Sana munosabati bilan bugun Axborot-resurs markazi xodimlari hamda universitet professor o`qituvchilari va talabalar tadbirda faol ishtirok qilishdi. Axborot-resurs markazi fidoiylarini kasb bayrami muborakbod etdi. Tadbirda va jamoat ishlarida faol ishtirok qilgan xodimlar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.