Bugun, 23-aprel kuni Urganch davlat universiteti 2-sonli talabalar turar joyida Axborot-resurs markazi o`quv zalida kitobxonlik haftaligining yakuniy qismiga bag`ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, ARM jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimini talabalar shaharchasi direktori Yusupov Zokir soʻzi bilan ochib berib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi.Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlari, shuningdek, kitobxonlar o‘rtasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodlari, asarlari yuzasidan viktorinalar, davlat stipendiyalari sovrindori bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda ARM xodimlari soʻzga chiqib, bugungi kunda ARM faoliyati, fondi va unda mavjud adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish tartib-qoidalari haqida talabalarga maʼlumotlar berib, ushbu kitobxonlik haftaligi joriy yil 23-aprelgacha davom etishi hamda undan qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalar, seminar-treninglar, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻrin olganligini qayd etdi. Talabalarni faollikka chaqirdi. Ochilish marosimi yakunida tadbir tashkilotchilari hamda faol qatnashgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.