Bugun, 26-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Talabalar turar joyida yoşlar örtasida kitobxonlikni tarğib qiliş va mutolaa madaniyatini yuksaltirişga bağişlangan ma’naviy-ma’rifiy uçraşuv taşkil etildi.
Uçraşuvda Talabalar turar joyi direktori Erkinboy Ernazarov, Yoşlar bilan işlaş, ma’naviyat va ma’rifat bölimi mutaxassisi Yusufboy Egamov hamda tarbiyaçi-pedagoglar iştirok etib, kitob mutolaasining yoşlar kamoloti va dunyoqaraşini kengaytirişdagi ahamiyati haqida suhbatlaşdilar.
Tadbir davomida universitet birinçi prorektori Şerali Allaberganov tomonidan ötgan haftadagi uchraşuvda ilgari surilgan, ya’ni talabalarning kitob javonida qança kitobi bölsa, ularga şunça kitob sovğa qiliş taşabbusi amaliy ifodasini topdi.
Xususan, Fizika-matematika fakulteti talabalari Ruqiya Nurullayeva va Munisa Ibragimova kitobxonlikka bölgan qiziqişlari uçun e’tirof etilib, ularga birinçi prorektor tomonidan sovğa qilingan kitoblar tantanali ravişda topşirildi.
Mazkur taşabbus talabalarning kitobga bölgan mehrini oşiriş, ularni muntazam mutolaaga undaş hamda yoşlar orasida kitobxonlik muhitini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.