19-oktabr kuni Urganch davlat universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining Lyaoning pedagogika universiteti rektori Luo Wenbo boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova hamda Lyaoning pedagogika universiteti rektori Luo Wenbo o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muloqotda universitetda Konfutsiy institutining tashkil etilishi, ayniqsa, xitoy tilini o‘qitish imkoniyatlari, madaniyatlararo aloqalarni rivojlantirish va xalqaro ta’lim hamkorligini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muzokaralar natijasida Xitoy tilini xalqaro o‘qitish jamg‘armasi, Lyaoning pedagogika universiteti hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti o‘rtasida Konfutsiy institutini hamkorlikda tashkil etish bo'yicha uch tomonlama shartnoma imzolandi.