Axborot-resurs markazida intellektual mulkni huquqiy himoya qilish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi


Bugun Xorazm viloyat Adliya boshqarmasining Intellektual mulklarni himoya qilish sho'basi mutaxassislari ishtirokida seminar tashkil etildi.

Seminar "Mualliflik huquqini himoya qilish oyligi" ga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 12-bandi ijrosi yuzasidan tashkil qilindi. Unda Xorazm viloyat adliya boshqarmasi intellektual mulk huquqlarini himoya qilish sho'basi boshlig'i L.Yusupov hamda bosh maslahatchi I.Axmedovlar Axborot-resurs markazi xodimlariga "Kutubxona va mualliflik huquqi:kutubxonachi nimalarni bilishi kerak?" mavzusida tushunturishlar berdilar.  

Seminar davomida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar, mualliflik huquqini himoya qilish, nashriyotlar bilan ishlash, kitoblarni elektron bazalarga qo'shishda mualliflik huqulariga rioya qilish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berilib, amaliy tavsiyalar taqdim etildi.