Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba-yoşlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş, mutolaa qilişga bölgan qiziqişini oşiriş hamda ularning intellektual salohiyatini rivojlantiriş maqsadida “Yoş kitobxon” körik-tanlovi taşkil etildi.
Fakultet mas'ullari hamda Axborot-resurs markazi (ARM) xodimlari hamkorlikda ötkazilgan tanlovda Paulo Koelyoning maşhur “Alkimyogar” asari tahlil qilindi.
Tanlovda UrDU ARM rahbari D. B. Tojimuratova, ARM xodimlari Ş. Ibragimova va N. Jumaniyozova iştirok etib, talabalarning javoblarini tingladilar hamda ularni belgilangan mezonlar asosida xolisona baholadilar.
Tanlov yakunida ğoliblar fakultet va UrDU ARM tomonidan faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovğalar bilan taqdirlandilar.


