Til – millat koʻzgusi


Axborot-resurs markazida Iqtisodiyot fakulteti talaba-yoshlar ishtirokida “Til – millat koʻzgusi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirni ARM 1-toifali kutubxonachisi D. Xodjayeva ochib berib, ona tilimiz – o‘zbek tilining nufuzi, ijtimoiy hayotdagi o‘rni hamda milliy o‘zligimizni belgilovchi asosiy qadriyat ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u yoshlar qalbida tilga mehr va ehtirom tuyg‘usini shakllantirish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish yo‘lida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritib, barcha ishtirokchilarni 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabrikladi.

Tadbir davomida talabalar ona tilimizni madh etuvchi she’rlar, sahna ko‘rinishlari va chiqishlar bilan bayram ruhini yanada yuksaltirishdi.