2026-yil 7-oktabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti 1-bosqich Yengil sanoat muhandisligi yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Bir oyda — bir kitob” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda UrDU Axborot-kutubxona markazi rahbari Dilrabo Tajimuratova ishtirok etib, talaba-yoshlarga:
kitob mutolaasi va kitob o‘qish madaniyatining inson hayotidagi ahamiyati;
yoshlarning ma’naviy-intellektual salohiyatini oshirishda mutolaaning o‘rni;
Prezidentimiz tomonidan kitobxonlikni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor;
yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar
haqida atroflicha ma’lumot berdi.
Shuningdek, tadbir yakunida talabalar Axborot-kutubxona markazi fondi bilan tanishib, o‘zlari qiziqqan adabiyotlar haqida ma’lumot oldilar.
Kitob o‘qigan insonning tafakkuri keng, dunyoqarashi boy bo‘ladi!
