Axborot-resurs markazida "Kitob- bizning dõstimiz!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.


Axborot-resurs markazida Tabiiy va qishloq xõjaligi fanlari fakulteti  talabalari bilan "Kitob- bizning dõstimiz!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar orasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, ularni  kitob orqali ma’naviy-axloqiy fazilatlarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Davra suhbatida ARM Ilmiy uslubiy axborot-ma'lumot (davriy nashrlar) bõlim mudiri M.Bakiyeva va 1-toifali kutubxonachi Q. Madraximovalar kitob mutolaasining inson tafakkuri, nutq madaniyati va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati haqida fikr yuritildi. Shuningdek, zamonaviy davrda elektron kitoblar va audiokitoblarning imkoniyatlari ham muhokama qilindi. Talabalar o‘zlari sevib o‘qigan Cingiz Aytmatovning asarlari, ulardan olgan saboqlari va hayotiy xulosalari bilan o‘rtoqlashib, faol ishtirok etdilar. Tadbir qizg‘in savol-javoblar ❓ va samimiy suhbatlar ruhida o‘tdi.