Urganch davlat universiteti Iqtisod fakultetida " Men sevgan asar" nomli kitobxonlik haftaligi boʻlib oʻtdi.


Bugun, 19-aprel kuni Iqtisodiyot fakultetida " Men sevgan asar" nomli  kitobxonlik haftaligi boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, ARM jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.  Ochilish marosimini Iqtisodiyot fakulteti dekani Abdullayev Ilyos kirish soʻzi bilan ochib berib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi. Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlari, shuningdek,  “Eng faol kitobxon” viloyat tanlovi g‘olibasi  bilan ushrashuv, kitobxonlar o‘rtasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodlari, asarlari yuzasidan  viktorinalar, davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Fransiyadan kelgan mehmonlar ham so`zga chiqib tadbirdan olgan tasurotlaridan hursandligini aytdi.Tadbirda ARM direktori Gʻ.Jumanazarov soʻzga  chiqib, bugungi kunda ARM faoliyati, fondi va unda mavjud adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish tartib-qoidalari haqida talabalarga maʼlumotlar berib, ushbu kitobxonlik haftaligi joriy yil 23-aprelgacha davom etishi hamda undan qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalar, seminar-treninglar, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻrin olganligini qayd etdi. Talabalarni faollikka chaqirdi. Ochilish marosimi yakunida tadbir tashkilotchilari hamda faol qatnashgan talabalar va maktab oʻquvchilari Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.