Zulfiyaxonim — vafo va sadoqat timsoli.


Bugun, 2-mart kuni Urganch davlat universiteti Fizika-matematika fakulteti Matematika yo‘nalishi talabalari ishtirokida atoqli shoira Zulfiyaxonim tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlangan “Zulfiyaxonim — vafo va sadoqat timsoli” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda universitet Axborot-resurs markazining Ilmiy-uslubiy hamda axborot-ma’lumot bo‘limi mudiri M.Bakiyeva hamda 1-toifali kutubxonachi M.Babadjanova qatnashib, Zulfiyaxonim ijodining o‘zbek adabiyotidagi beqiyos o‘rni, uning she’riyatida mujassam bo‘lgan sadoqat, fidoyilik va ma’naviy poklik kabi yuksak fazilatlar haqida atroflicha fikr bildirdilar. Shoiraning universitet kutubxonasi fondidan joy olgan kitoblari haqida ma’lumot berdilar.
Davra suhbati davomida talabalar shoira qalamiga mansub she’rlardan namunalar o‘qishdi.