Bugun, 9-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutorlari hamda Axborot-resurs markazi xodimlari hamkorligida g‘azal mulkining sultoni, buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan “Tarix” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida “Alisher Navoiy – so‘z mulkining sultoni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Mazkur tadbirda Alisher Navoiy hayoti va bebaho ijodiy merosi, uning o‘zbek adabiyoti hamda jahon madaniyatidagi beqiyos o‘rni keng yoritilib, yoshlarning milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmatini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir mazmunli chiqishlar, qiziqarli mulohazalar hamda samimiy ma’naviy muhitda o‘tkazildi.