Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazida talabalar va yosh tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan badiiy va ilmiy adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazma universitetning yangi o‘quv binosi hamda Talabalar turar joyi o‘quv zallarida o‘tkazilib, unda so‘nggi yillarda nashr etilgan badiiy asarlar, ilmiy-ommabop va sohaviy adabiyotlar namoyish etildi. Mazkur ko‘rgazma talabalarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ilmiy izlanishlarga qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.