“Springer Nature” hamda ORCID tizimi bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi


Bugun, 19-yanvar kuni  Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan professor-o‘qituvchilar, olimlar, doktorantlar va izlanuvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.Seminarda “Springer Nature” xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasidan foydalanish, ORCID (Open Researcher and Contributor ID) tizimi va uning afzalliklari mavzulari muhokama qilindi. Seminarda markaz mutaxassislari M.Mirrahimov va O.Muhammadiyev ishtirokchilarga amaliy ko‘rsatmalar berib, tadqiqotchilarning xalqaro ilmiy kommunikatsiya tizimlariga integratsiyasini kuchaytirish yo‘llarini tushuntirdilar. Ushbu trening O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga muvofiq, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun “Web of Science” hamda “Springer Nature” bazalaridan erkin va samarali foydalanishni kengaytirishga qaratilgan.