"Kitobxonlik — inson ma’naviy kamoloti" shiori ostida ma'naviy marifiy tadbir o'tkazildi.


13.01.2026-yil sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Tabiiy va qishloq xõjaligi fanlari fakulteti tyutori Umida Bobojonova o'ziga biriktirilga talabalar bilan 1- toifali bibliograflar Xajiyeva Dilorom va Bobojonova Muyassarlar istirokida  "Kitobxonlik — inson ma’naviy kamoloti" shiori ostida ma'naviy marifiy tadbir o'tkazishdi. Kitobxonlik — inson ma’naviy kamolotining eng muhim omillaridan biridir. Kitob o‘qish orqali inson bilimini oshiradi, dunyoqarashini kengaytiradi va fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Kitob — eng yaqin do‘st, sodiq maslahatchi va hayot yo‘lida to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi manbadir.