Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti tyutori M.Jumaniyazova 234-kimyo 251-Biologiya yoʻnalishi talabalari bilan ARM xodimi D.Xadjayeva ishtirokida “Kitobxonlik – buyuk kelajak kafolati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Suhbat chog’ida ARM xodimi talabalarga kitob insonning tafakkurini charxlovchi noyob qurol ekanligi haqida ma’lumot berdi. Kitoblar bilan yaqindan tanishgan sayin inson kop narsalarga o'zgacha nigoh bilan nazar solishni boshlaydi. Kitob doimo insonlar uchun yaqin do’st, hamroh, dono maslahatchi bo’lib kelgan. Ba'zi kitoblarni mutolaa qilganda inson o'zi uchun hayotni yangidan kashf etishi ham mumkin. Davra suhbati qizg’in kechib, savol - javob va munozaralarga boy bo’ldi.