O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi keng nishonlanmoqda


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti hamda Axborot-resurs markazi xodimlari hamkorligida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. So‘zga chiqqan professor-o‘qituvchilar Konstitutsiya kunining tarihiy ahamiyati, asosiy qonunimizning davlat va jamiyat hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib, undagi demokratik tamoyillar, fuqarolarning huquq va erkinliklari mustahkam kafolatlangani borasida fikr bildirdilar.Shuningdek, tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan normalar haqida ma’lumotlar taqdim etildi. Talabalar sahnalashtirgan badiiy-ko‘rinish esa tadbirga yanada ko‘tarinkilik bag‘ishladi.