Bugun, 24-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti jamoasi tomonidan universitetda o‘tkazilayotgan “Rahbarning ta’lim muassasasiga 10 ta badiiy kitob sovg‘asi” aksiyasi doirasida turli badiiy kitoblar sovg‘a sifatida topshirildi. Mazkur jarayonda universitetda mehmon bo‘lib turgan filologiya fanlari doktori, professor, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hulkar Hamroyeva hamda Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Shahodat Isaxonova ham ishtirok etib, Axborot-resurs markaziga o‘z kitoblaridan namunalar taqdim etdilar.