Bugun, 14-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti rahbar xodimlari mazkur ezgu tashabbusni davom ettirib, Axborot-resurs markaziga 20 dan ortiq yangi badiiy kitoblarni sovg‘a sifatida topshirdilar. Mazkur aksiya nafaqat kutubxona fondini boyitish, balki talabalarda badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, kitob mutolaasi madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Zero, kitob inson tafakkurini charxlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi, ma’naviy olamini boyitadi. Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti jamoasining ushbu xayrli tashabbusi universitetda ilm va ma’rifat muhitini mustahkamlash, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qo‘shilgan yana bir muhim hissa bo‘ldi.