“Rahbarning ta’lim muassasasiga 10 ta badiiy kitob sovg‘asi” aksiyasi bo‘lib o‘tdi


Bugun, 7-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida navbatdagi ezgu tashabbus — kitob sovg‘a qilish aksiyasi o‘tkazildi. Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari fakulteti rahbar xodimlari tomonidan mazkur aksiya doirasida universitet Axborot-resurs markaziga 60 ta badiiy kitob sovg‘a qilindi. Ushbu tashabbusning asosiy maqsadi — talabalarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga mehr uyg‘otish va universitet kutubxonasini yangi nashrlar bilan boyitishdir.