Joriy yilning 4-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniring fakultetida “Kitobxonlik madaniyatini oshirish” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekan o‘rinbosari N.Avezov, fakultet tyutorlari, shuningdek, Ilmiy-uslubiy va axborot ma’lumot bo‘limi mudiri M.Bakiyeva Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri B.Abdullayeva , hamda Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi mudiri S.Ro‘zmetova ishtirok etishdi.