Fakultetlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etilmoqda


Bugun Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan UrDU Axborot-resurs markazi Ilmiy-uslubiyat bo‘limi mudiri M. Bakiyeva ishtirokida “Kitobxon talaba” loyihasi doirasida Fyodor Dostoyevskiyning “Jinoyat va jazo” asari muhokamasi o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar asardagi falsafiy g‘oyalar va insoniy qadriyatlar haqida fikr almashishdi. Yakunda esa yosh kitobxonlarga Mahmud Toirning “Yangi she’rlar” to‘plamini o‘qishni tavsiya etildi.