Bugun Axborot-resurs markazida "Axborot texnologiyalari – tezkor zamon talabi" mavzusida davra suxbati o'tkazildi.


Sport faoliyati pedagogika va psixologiya fakulteti tyutori N.Nuriddinova  va 251 dzyudo guruhi talabalari bilan Universitet kutubxonasida "Axborot texnologiyalari – tezkor zamon talabi" mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Tadbirda Universitet elektron axborot texnologiyalari resurslari bo'limi boshlig'i Jumatayev Jamshid va Axborot resurs markazi hodimi Allaberganova Dilrabo qatnashdi. AT axborotga ehtiyojmand odamlarni oʻz vaqtida toʻgʻri maʼlumot bilan taʼminlash, yaʼni maʼlum bir predmet doirasidagi aniq axborotga boʻlgan ehtiyojni qondirish, axborot tizimlarining faoliyat koʻrsatish natijasi esa axborot mahsulotlari — hujjatlar, axborot massivlari, maʼlumotlar bazalari va axborot xizmatlari ekanligini ta'kidladi.