Bugun Axborot-resurs markazi binosida "Milliyligim – faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


 Bugun Xorijiy filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan "Milliyligim – faxrim" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir universitet Axborot-resurs markazi xodimlari hamda fakultet tyutorlari hamkorligida tashkil etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan sahna ko‘rinishlari, she’r va qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi chiqishlar ijro etildi. Tadbir ishtirokchilari milliy g‘urur, Vatan va xalqimizning boy madaniy merosi haqida iliq fikrlar bildirib, o‘z ijodiy salohiyatlarini namoyish etishdi.