Bugun Texnika fakulteti talabalari o‘rtasida Axborot-resurs markazi xodimlari, fakultet tyutorlari hamda Yoshlar kengashi hamkorligida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.


Bellashuv davomida talabalar o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazishdi, jamoaviy fikrlash hamda tezkor javob berish ko‘nikmalarini namoyon etdilar. G‘olib va sovrindor jamoalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar. “Zakovat” bellashuvi nafaqat bilimlar sinovi, balki talabalarning mantiqiy fikrlashini, jamoaviy ishlash madaniyatini rivojlantirishga xizmat qildi.