Bugun 20-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Men sevib oʻqiydigan kitob" shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi.


Tabiiy va qishloq xoʻjaligi fanlari fakulteti tyutori R.Matchanov 252-ekologiya yoʻnalishi talabalari bilan Axborot resurs markaziga tashrif buyurishdi.ARM Ilmiy uslubiy bo‘limi boshlig‘i Bakieva Muhabbat Nuriddinovna  va  1-toifali kutubxonachisi Babadjanova Muyassar Karimberganovna ishtirokida talaba yoshlar oʻrtasida kitobxonlik targʻibotiga bagʻishlangan "Men sevib oʻqiydigan kitob" shiori ostida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Universitetimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va bu imkoniyatdan oqilona foydalanish zarurligi toʻgʻrisida taʼkidlab oʻtildi.
Davra suhbatida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.