Axborot-resurs markazi xodimlari tomonidan ham bayramga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Unda o‘zbek tilining nufuzi, uni asrab-avaylash va yosh avlod qalbida tilga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Tadbir doirasida “Ona til – millat faxri” nomli kitob ko‘rgazmasi ham tashkil etilib, unda o‘zbek tili, adabiyoti va milliy qadriyatlarga oid asarlar namoyish etildi.