7-aprel sanasida UrDU Pedagogika fakulteti tyutori N.Ramazanova va Amaliy Psixologiya yo'nalishi 202-guruh talabalari ishtirokida "Vatanparvarlikni chinakam e'tiqodga aylantiraylik " mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.Suhbatga UrDU tarix kafedrasi o'qituvchisi U.Salayev tashrif buyurib, Vatanparvarlik barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy bo'lgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuyg'u, ma'naviy qadriyatlardan biri ekanligi haqida tushuncha berdi. Talabalar o'zlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.