Shoir Qurbon Muhammadrizoning “Gul va ko‘ngil”, “Yurak titraganda”, “Xorazmda bir go‘zal bor” she’riy to‘plamlari, “Falakning gardishi”, “Nurli izlar” qissa va publitsistik asarlari, “Maxtumquli” romani, “Nazm daftari” va o‘nlab dramatik asarlarni o‘zida jamlagan “Saylanma”si bugungi kunda xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Tadbirda talabalar adibning hayoti va ijodiy faoliyati haqida atroflicha gapirib, sheʼrlaridan koʼplab namunalar keltirdilar.