Urganch davlat universitetiga qabul qilingan 1-bosqich tarix fakulteti tarix yonalishi 221- 222 guruh talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida oʻtkazilayotgan “Orientation Week” haftaligi doirasida rahbariyatning talabalar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bugun UrDUning tarix fakulteti tarix yonalishi 221- 222 guruh talabalari bilan fakultetning tyutorlari hamrohligida Axborot-resurs markazining Talabalar turar joyidagi 2-o`quv zali bilan Matyokubova Dilbar Ismoilovna hamda Ro’zmetova Barno Yo’ldashevnalar tanishtirdilar.