Urganch davlat universitetiga qabul qilingan 1-bosqich talabalarining “Orientation Week” haftaligi doirasida talabalarni Axborot-resurs markazi bilan tanishtirildi


Urganch davlat universitetiga qabul qilingan 1-bosqich Iqtisodiyot fakulteti 221-guruh talabalarining universitet hayotiga tezroq moslashishlariga koʻmak berish, yoshlar uchun yaratilgan loyiha va tanlovlar, imtiyozlar bilan yaqindan tanishtirish, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar orqali talabalarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida   oʻtkazilayotgan “Orientation Week” haftaligi doirasida rahbariyatning talabalar bilan uchrashuvlari tashkil etilmoqda. Bugun UrDUning Iqtisodiyot fakultetining 1-kurs talabalari bilan fakultetning tyutorlari hamrohligida Axborot-resurs markazining Iqtisod fakulteti kutubxonasi bilan Masharipova Dilnoza Rahmatullayevna tanishtirdi.