Bugun 22-aprel kuni Urganch davlat universitetida haftaligining beshinchi kunida "Farzandim o'qiydigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "O'zim o'qigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "Fakultet kutubxonasiga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida o'tkazilgan aksiyalar, adabiy kechalar oʻtkazildi. Shuningdek, shahrimizdagi “Xilol nashr” kitob doʻkoni bilan hamkorlikda yarmarka tashkil qilindi.