Bugun, 22-aprel kuni Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi asosiy bino o`quv zalida kitobxonlik haftaligiga bag`ishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Haftalikning beshinchi kunida "Farzandim o'qiydigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "O'zim o'qigan maktabga kitob sovg'a qilaman", "Fakultet kutubxonasiga kitob sovg'a qilaman" shiori ostida aksiyalar, adabiy kechalar oʻtkazildi. Shuningdek, shahrimizdagi “Ziyo nur” kitob doʻkoni bilan hamkorlikda yarmarka tashkil qilindi.