Bugun, 20-aprel kuni Filologiya fakultetida " Kitob-bilim bulog`i" nomli kitobxonlik haftaligi boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, ARM jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimini Filologiya fakulteti o`zbek tili adabiyoti kafedrasi dotsenti Bekposhsha Rahimova soʻzi bilan ochib berib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi. Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlari, shuningdek, Filologiya fakulteti 1-kurs talabasi Madaminova Dilnura “Eng faol kitobxon” viloyat tanlovi g`olibi bilan ushrashuv, kitobxonlar o‘rtasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodlari, asarlari yuzasidan viktorinalar, davlat stipendiyalari sovrindori bilan uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda ARM direktori Gʻ.Jumanazarov soʻzga chiqib, bugungi kunda ARM faoliyati, fondi va unda mavjud adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish tartib-qoidalari haqida talabalarga maʼlumotlar berib, ushbu kitobxonlik haftaligi joriy yil 23-aprelgacha davom etishi hamda undan qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalar, seminar-treninglar, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻrin olganligini qayd etdi. Talabalarni faollikka chaqirdi. Ochilish marosimi yakunida tadbir tashkilotchilari hamda faol qatnashgan talabalar faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.