Bugun, 18-aprel kuni universitet Madaniyat saroyida haftalikning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda universitet professor-oʻqituvchilari, ARM jamoasi va talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Ochilish marosimini Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi. Tadbir doirasida iqtidorli talaba-yoshlarning chiqishlari, sahna koʻrinishlari, shuningdek, “Eng faol kitobxon” viloyat tanlovi g‘olibasi bilan ushrashuv, kitobxonlar o‘rtasida o‘zbek va jahon adabiyoti namoyondalari hayoti va ijodlari, asarlari yuzasidan viktorinalar, davlat stipendiyalari g‘oliblari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Ochilish marosimida Yangibozor tumani 7-son maktab o'quvchilari ham oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan qatnashdilar. Tadbirda UrDU ARM direktori Gʻ.Jumanazarov soʻzga chiqib, bugungi kunda ARM faoliyati, fondi va unda mavjud adabiyotlar, kutubxonadan foydalanish tartib-qoidalari haqida talabalarga maʼlumotlar berib, ushbu kitobxonlik haftaligi joriy yil 23-aprelgacha davom etishi hamda undan qator uchrashuv va adabiy-badiiy kechalar, seminar-treninglar, tanlovlar va kitob koʻrgazmalari oʻrin olganligini qayd etdi. Talabalarni faollikka chaqirdi. Ochilish marosimi yakunida tadbir tashkilotchilari hamda faol qatnashgan talabalar va maktab oʻquvchilari Faxriy yorliq bilan taqdirlandilar.