Urganç davlat universitetida “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini uluğlaş, ularning bebaho xotirasini abadiylaştiriş hamda yoş avlod örtasida milliy qadriyatlarimizni keng tarğib etiş maqsadida barpo etilgan “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.

Oçiliş marosimida viloyatimiz hamda Respublikadan taşrif buyurgan taniqli ilm-fan, adabiyot va ma’rifat ahli, adabiyotşunos va tarixçi olimlar, xorijlik mehmonlar iştirok etdi.

Tantanali marosimni universitet rektori Feruza Madrahimova oçib berib, mazkur xiyobonning taşkil etilişi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi va taşrif buyurgan mehmonlarga samimiy minnatdorlik izhor etdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, Özbekiston Qahramoni Anora Mahmudova, siyosiy fanlar doktori, professor Nazrulla Jörayev tabrik sözlariga çiqib, buyuk mutafakkirlarimizning ilm-fan, adabiyot va madaniyat taraqqiyotiga qöşgan beqiyos hissasini e’tirof etdilar.