Axborot-resurs markazida Kimyoviy texnologiyalar fakultetida talaba-yoshlar o‘rtasida “Davlat tili — milliy ma’naviyatimiz timsoli” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda fakultet talabalari, tyutorlar, Axborot-resurs markazi kutubxonachisi Sh. Ibragimovalar ishtirok etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi talaba-yoshlar qalbida ona tilimizga bo‘lgan mehr va hurmatni yanada kuchaytirish, davlat tilining nufuzi va ahamiyatini targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimiz hamda ma’naviy merosimizga sadoqat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimizni anglashdagi o‘rni, uning boyligi va betakrorligi, davlat tilini asrab-avaylash hamda kelajak avlodga munosib yetkazish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.