Axborot-resurs markazi fondiga yangi darslik topshirildi


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Kompyuter injiniringi kafedrasi katta o‘qituvchisi Sh.Sapayev tomonidan o'zining muallifligidagi “O‘qqa nisbatan simmetrik jismdagi nostatsionar issiqlik tarqalish masalasini sonli modellashtirish” nomli monografiyadan 10 ta nusxa, shuningdek, X.Mamadaliyev, A.Turg'unov, M.Matyakubov, Sh.Sapayevlar hammuallifligidagi "Algoritm tillari va dasturlash" nomli o'quv qo'llanmadan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi.

Mazkur ilmiy adabiyotlar bakalavriat bosqichi talabalari va tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlari uchun muhim qo‘shimcha manba bo‘lib xizmat qiladi.