Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi professori, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi J. Ermetova tomonidan fakultetdagi Koreyashunoslik markazi faoliyati doirasida Koreya Respublikasida nashr etilgan darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar, badiiy asarlar va lugʻatlardan tashkil topgan jami 203 ta adabiyotlar hamda oʻz muallifligidagi “Independent reading” nomli o‘quv qo‘llanmadan 10 tasi Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi. Shuningdek, Filologiya va san’at fakulteti San’at kafedrasi dotsenti D. Xayitboyev tomonidan o‘zining muallifligidagi “Dizayn asoslari” 2-qism nomli darslikdan 10 tasi Axborot-resurs markazi fondidan joy egalladi.