Ma’naviy meros – kelajak avlodlarga bebaho tuhfa


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining Filologiya va san’at fakultetida uzoq yillardan buyon samarali faoliyat yuritayotgan faxriy ustoz, filologiya fanlari doktori, professor, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Zaribbay Do‘simov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan nashr etilgan 3 jildlik “Tanlangan asarlar” kitobining 43 ta to‘plami universitet Axborot-resurs markaziga hadya qilindi. Mazkur nashrlar olimning ko‘p yillik ilmiy izlanishlari, tilshunoslik sohasidagi tadqiqotlari hamda ilmiy-ma’rifiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan bo‘lib, talaba-yoshlar, magistrantlar, doktorantlar va ilmiy tadqiqotchilar uchun muhim manba vazifasini o‘taydi. Professor Zaribbay Do‘simovning ilmiy faoliyati va sermazmun ijodi o‘zbek filologiyasi taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissa sifatida e’tirof etilib, uning asarlari kelajak avlodlar uchun ham qimmatli ilmiy-ma’naviy manba bo‘lib qoladi.