Urganch davlat universiteti Sport faoliyati, pedagogika va psixologiya fakulteti Yakkakurash kafedrasi professori, universitet Sport klubi raisi o’rinbosari, pedagogika fanlari nomzodi M.Raximov tomonidan “Sport turlarini o‘rgatish metodikasi (Basketbol)” nomli darslikdan 10 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga hadya etildi. Shuningdek, Telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti Ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi o‘qituvchisi J.Matsapayev tomonida B.Samandarov, I.Omonov, J.Matsapayev hammuallifligidagi “Pochta aloqasi infrastrukturasi” nomli darslikdan 5 ta nusxa Axborot-resurs markazi fondiga taqdim etildi.