Yoshlar ishlari agentligining “Mutolaa” loyihasi tomonidan milliy adabiyotimiz va ma’rifatparvarlik tarixida alohida o‘rin tutuvchi quyidagi durdona asarlar zamonaviy audiovizual formatda tayyorlanib, “Mutolaa” platformasiga joylashtirildi. “O‘tkan kunlar” (Abdulla Qodiriy) (https://mutolaa.com/uz/book/o-tkan-kunlar), “Kecha va kunduz” (Abdulhamid Cho‘lpon), (https://mutolaa.com/uz/book/kecha-va-kunduz), “Qatlnoma” (Nabijon Boqiy) (https://mutolaa.com/uz/book/qatlnoma), “Hind sayyohining qissasi” (Fitrat), (https://mutolaa.com/uz/book/hind-sayyohining-qissasi), “Abulfayzxon” (Fitrat) (https://mutolaa.com/uz/book/abulfayzxon), “Jinlar bazmi” (Abdulla Qodiriy) (https://mutolaa.com/uz/book/jinlar-bazmi) , “Turkiy guliston yoxud axloq” (Abdulla Avloniy) (https://mutolaa.com/uz/book/turkiy-guliston-yoxud-axloq), “Eski maktab” (Sadriddin Ayniy) (https://mutolaa.com/uz/book/eski-maktab), “Bir vafolik zaifaning xususida” (Behbudiy) (https://mutolaa.com/uz/book/bir-vafolik-zaifaning-xususida), “Odob-axloq kitobi” (Munavvarqori Abdurashidxonov) (https://mutolaa.com/uz/book/odob-axloq-kitobi). Mazkur loyihalar orqali jadid bobolarimizning ma’rifat yo‘lidagi mashaqqatli kurashi, xalq ozodligi va millat ravnaqi yo‘lidagi fidoyiligi bugungi yosh avlodga ta’sirchan va zamonaviy usulda yetkazilmoqda.