Urganch davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilayotgan ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlar ta’lim sifatini oshirish hamda yosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugun Texnika fakulteti Arxitektura kafedrasi dotsenti Sh.Xo‘janiyozov tomonidan 2025-yilda “Khwarezm publication” nashriyotida chop etilgan “Perspektiva” nomli o‘quv qo‘llanmaning 10 nusxasi universitet Axborot-resurs markazi fondiga topshirildi. Shuningdek, 2024-yilda mazkur nashriyotda nashr etilgan S.Qodirova, Sh.Xo‘janiyozov, R.Alimdjanov va L.Raximov hammuallifligidagi “Maketlash va modellash” nomli darslikning 3 nusxasi ham Axborot-resurs markazi fondidan munosib o‘rin oldi.Mazkur adabiyotlar arxitektura va loyihalash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, ilmiy izlanish olib borayotgan tadqiqotchilar hamda professor-o‘qituvchilar uchun muhim ilmiy-uslubiy manba bo‘lib xizmat qiladi.