Kitob buyuk xazina


Joriy yilning 15-may sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutori Y.Maxmudova tomonidan "Yurisprudensiya" yo'nalishi 2-bosqich talabalari bilan 5 muhim tashabbusning" to‘rtinchi tashabbusi "Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish" maqsadida "Talabaning muvaffaqiyatida kitobning ahamiyati" mavzusida davra suhbati o'tkazildi. Tadbirda ARM 1-toifali kutubxonachisi D.Xadjiyeva ishtirok etib, bugungi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bo‘lsa-da, kitobning o‘rni hech qachon kamaymaydi. Chunki kitob insonni fikrlashga, izlanishga va o‘z ustida ishlashga undaydi. Kitob o‘qigan talabaning nutqi ravon, fikri teran va maqsadi aniq bo‘ladi. Buyuk ajdodlarimiz ham ilm va kitobni yuksak qadrlaganlar. Masalan, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalar tinimsiz mutolaa va ilm orqali dunyoga tanilganlar. Ularning hayoti biz uchun ibrat maktabidir deya talabalarga so‘z yuritdilar va o'z tavsiyalarini berdilar.