AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi tomonidan inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash maqsadida Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazi fondiga Brayl yozuvidagi 6 nomdagi 29 ta kitob taqdim etildi. Mazkur kitoblar universitetda tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim burchagi”dan joy olib, ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi talabalar uchun muhim bilim manbai sanaladi. Ushbu tashabbus ta’limda teng imkoniyatlarni kengaytirish, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun qulay va inklyuziv muhit yaratishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.