Axborot-resurs markazida "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Dunyoni hayratda qoldirgan buyuklar" kitobi bilan tanishtirdi.


Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tyutori N.Ramazanova ARM 1-toifali kutubxonachisi M. Vafoyeva bilan hamkorlikda 251-JXIM yo'nalishi talabalari ishtirokida "Kitobxon talaba" loyihasi doirasida "Dunyoni hayratda qoldirgan buyuklar" kitobi bilan tanishtirdi. Suhbat davomida bu kitob insoniyat tarixida o'chmas iz qoldirgan buyuk shaxslar hayoti va faoliyati haqida qiziqarli va ibratli ma'lumotlarni o'z ichiga olganligi, buyuk allomalar va sarkardalarning hayoti, ularning qiyinchiliklarga qaramay o'z maqsadlariga erishgani, insonlarga foyda keltirish yo'lida qilgan xizmatlari va har bir shaxs misolida mehnatsevarlik, sabr-toqat, bilimga intilish, vatanparvarlik kabi fazilatlar namoyon bo'lganligi haqida ma'lumotlar berildi.