Urganch davlat universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), professor Nargiza Masharipova tomonidan Tarjima nazariyasi va amaliyoti, Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati, Filologiya va tillarni o'qitish: ingliz tili ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun universitet Axborot-resurs markaziga 4 ta adabiyot (20 nusxa) topshirildi. Ta’kidlash joizki, “Khorezm-nama 2” hamda “Khorezm-nama 3” tajima kitoblari tarix fanlari doktori, professor, Rossiya fanlar akademiyasi akademigi Ozod Masharipov muallifligidagi "Xorazmnoma 2" hamda "Xorazmnoma 3" tarixiy asarlaridir.