Urganch davlat universiteti Axborot-resurs markazida ilmiy tadiqiqotchilar uchun alohida imkoniyatlar yaratilgan. Xususan, Ilmiy faoliyat olib boruvchilar o'quv zali zamonaviy sharoitlar bilan ta’minlangan bo‘lib, tadqiqotchilar doimiy ravishda o‘z ilmiy izlanishlari va dissertatsiya ishlari ustida samarali faoliyat olib bormoqdalar. Bugungi kunda Axborot-resurs markazida jami 2104 ta dissertatsiya va 2859 ta avtoreferat mavjud. Shundan, 1304 ta dissertatsiya hamda 348 ta avtoreferat AKBT dasturiga kiritilgan. Bundan tashqari, universitetda quyidagi nufuzli xalqaro ilmiy bazalarga kirish imkoniyati yaratilgan: EBSCO, ProQuest, Elsevier, Clarivate, Springer. Hurmatli ilmiy izlanuvchilar! Agar siz ilmiy izlanishlaringizni sifatli va tizimli olib borishni istasangiz, Axborot-resurs markazining imkoniyatlaridan unumli foydalaning. Zamonaviy jihozlangan o‘quv zallari, boy ilmiy fond va qulay muhit sizning ilmiy izlanishlaringizni yangi bosqichga olib chiqadi !